"Yuventus" "Inter"ning transfer maqsadini ilib ketmoqchi

Narzulla Saydullayev
27 dek 2023
"Yuventus" "Napoli" yarim himoyachisi Petr Zelinski uchun kurashga qo'shildi.

Polyak "Inter"ning transfer maqsadi hisoblanadi.

Oldinroq, "neradzurri"ning o'yinchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishgani xabar qilingan edi.

29 yoshli xavbekning "Napoli" bilan kelishuvi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan. Tomonlar shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar o'tkazishdi, ammo kelishuv haqida ma'lumot yo'q.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Corriere dello Sport