"Yuventus" Federiko Kezaning transferi borasida kelishuvga erishdi. O'yinchi bugun tibbiy ko'rikdan o'tadi

Alisher
5 okt 2020, 12:28
"Fiorentina" hujumchisi Federiko Keza faoliyatini "Yuventus"da davom ettiradi.

Turin klubi 22 yoshli futbolchini keyinchalik sotib olish sharti bilan 2 yilga ijaraga oladi. "Keksa sinora" o'yinchining birinchi yilgi ijarasi uchun 2 mln evro, ikkinchi yil uchun 8 million evro to'laydi.

Ehtimoliy xarid qilish narxi esa 40+10 million evroni tashkil etadi. Keza bugun, yani Italiyada transferlar oynasi yakunlanadigan kunda tibbiy ko'rikdan o'tadi.

Shu bilan birga "Yuventus" quyidagi vazifalar bajarilgan taqdirda u bilan to'laqonli shartnoma imzolashi shart: jamoa Italiya chempionatini top-4da yakunlashi; Keza 60% o'yinlarda harakat qilishi (ularda 30 daqiqadan kam o'ynamasligi kerak); 10ta gol va 10ta assist.


AlisherMuallif
Manba: football-italia.net