"Yuventus" Dibalaning maoshini tushirmoqchi

Alisher
17 yanv 2022
"Yuventus" Paulo Dibala bilan yangi shartnoma bo'yicha taklifni qaytarib olishga qaror qildi.

"Keksa sinora" ortiq argentinalik forvardga yiliga 8 million evro to'lashni xohlamayapti.

Klub rahbariyati futbolchining maoshini tushirmoqchi. Turinliklar Dibala joriy transfer oynasi so'nggiga qadar boshqa klublardan yaxshi taklif olmaydi deb hisoblamoqda.

Shu bilan birga "Yuventus" o'yinchini tekinga qo'yib yuborish xavfiga ega, agar u bilan hamkorlikni uzaytirish borasida kelishuvga erishmasa, Dibala tekinga kyetishi mumkin. Pauloning shartnomasi joriy yilning yozida yakuniga etadi.


AlisherMuallif
Manba: Football-Italia