"Yuventus" de Ligt uchun kurashga qo'shildi

Aslanov Jasurbek
16 okt 2018
Yevropaning top-klublari "Ayaks" himoyachisi Mateys de Ligtga qiziqish bildirishmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, yosh futbolchini xarid qilmoqchi bo'lgan navbatdagi grand - "Yuventus". Turin klubi de Ligtni kelajagi porloq futbolchi sifatida ko'rmoqda va uni 50 mln evroga sotib olmoqchi.

"Keksa sinora" rahbariyati yaqin ikki yil ichida tarkibni yoshartirmoqchi va gollandiyalik himoyachi bu rejaning muhim qismi. Italiya klubi vakillari yaqin vaqt ichida futbolchining agenti Mino Rayola bilan bog'lanib, ushbu transfer amalga oshishi haqida suhbatlashmoqchi.

Oldinroq, 19 yoshli himoyachi "Barselona" va "Manchester Yunayted" qiziqish bildirayotgani e'lon qilingan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport