"Yuventus" Bremer bilan shartnoma uzaytirilganini e'lon qildi

Narzulla Saydullayev
27 dek 2023
Markaziy himoyachi Gleyson Bremer "Yuventus" bilan shartnomasini uzaytirdi.

Bu haqda Turin klubi rasmiy saytida ma'lum qildi. Bremerning "Yuventus" bilan yangi mehnat shartnomasi 2028 yilga qadar mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, braziliyalik futbolchi "keksa sinora" safiga 2022 yilning iyulida "Torino"dan o'tgandi. U bu vaqt davomida "Yuventus" safida barcha musobaqalarda 60ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 1ta assist qayd etdi.

Transfermarkt 26 yoshli Bremerni 50 million evroga baholamoqda.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: juventus.com