"Yuventus" - birinchi, ammo Allegri endi uchinchi o'ringa ko'tarilib oldi

Omonjon To`xtamirzayev
23 yanv 2024, 14:55
"Yuventus" A Seriya 21-tur doirasida "Lechche"ni mag'lubiyatga (3:0) uchratdi.

O'z o'yinida zafar quchgan "keksa sinorra" musobaqa jadvalida yetakchiga aylanib oldi. Massimiliano Allegri uchun esa bu g'alaba bosh murabbiy sifatida Italiya chempionatidagi 300-si bo'ldi. Bungacha musobaqada 300 va undan ko'proq g'alabaga faqatgina ikki murabbiy erishgan: Jovanni Trapattoni (352) va Nereo Rokko (302).


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: OptaPaolo