"Yuventus" asosiy tarkibning 5 nafar futbolchisi bilan xayrlashishi mumkin

Sherzod Nurmatov
18 yanv 2023
"La Gazzetta dello Sport" nashri xabariga ko'ra, 5 nafar futbolchi Turin klubini tark etish ehtimoli yuqori.

Manba bergan xabarga ko'ra, "Yuventus" bir nechta futbolchini sotishga muvaffaq bo'lsagina tarkibni kuchaytirish variantini ko'rib chiqadi. Ro'yxatdan himoyachilar Aleks Sandro va Xuan Kuadrado, yarim himoyachilar Adrien Rabo, Ueston Makkenni va Leandro Paredes (PSJdan ijaraga olingan) o'rin olgan.

Qayd etilishicha, barcha futbolchilarning birdaniga ketishi dargumon, ammo "Yuventus" ular bilan xayrlashish uchun imkoniyat qidiradi.

31 yoshli Sandro va 34 yoshli Kuadrado 2015 yildan beri, 27 yoshli Rabo 2019, 24 yoshli Makkenni 2021, 28 yoshli Paredes esa 2022 yildan buyon "keksa sinora" tarkibida to'p tepmoqda.

"Yuventus" A Seriyada 18 turdan keyin 37 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport