

Turinliklar joriy mavsum A Seriyada 12-o'yinni “quruq” o'tkazdi. Bu musobaqa tarixidagi 2-ko'rsatkich hisoblanadi. Bu borada rekord esa 1966/67 yilgi mavsum “Kalyari” tomonidan qayd etilgan. Ular 13 ta bahsda darvoza dahlsizligini saqlab qolishgandi.
Massimiliano Allegri shogirdlari ushbu muvaffaqiyatdan keyin ochkolari sonini 37 taga etkazib, turnir jadvalida 2-o'ringa ko'tarildi. Jamoani oldinda 13 yanvar kuni peshqadam “Napoli”ga qarshi jiddiy bahs kutmoqda.



