"Yuventus" 20 yoshli forvard bilan shartnoma imzoladi

Alisher
22 yanv 2021
"Lugano" forvardi Kristofer Lungoyi "Yuventus" bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda "Yuventus" rasmiy sayti ma'lumot bermoqda.

20 yoshli asli kelib chiqishi kongolik bo'lgan shveytsariyalik futbolchi U23 jamoasida harakat qiladi. Turinliklar uning transferi uchun 200 ming evro to'lashdi.

Lungoyi joriy mavsum Shveytsariya chempionati doirasidagi 12ta o'yinda maydonga tushdi, ammo samarali harakat amalga oshira olmadi.


AlisherMuallif
Manba: juventus.com