O'zbekiston termasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro "Real" – "Yuventus" o'yinida stadiondan turib ekspertlik qiladi

Administrator
22 okt 2025, 22:24
Kannavaro Italiya onlayn striming xizmati uchun "Santyago Bernabeu"dan turib jonli efirda ishtirok etadi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro bundan bir necha kun oldin Yevropaga jo'nab ketgandi. U bugun Yevropa Chempionlar Ligasi uchinchi turidan o'rin olgan "Real Madrid" – "Yuventus" uchrashuvida Amazon Prime onlayn striming xizmatining italyancha versiyasi uchun stadiondan turib ekspertlik qiladi. Buni murabbiyning instagram sahifasida ko'rish mumkin. Bu amaliyot Yevropada keng tarqalgan bo'lib, taniqli murabbiy yoki sobiq futbolchilar shu kabi striming yoki telekanal studiyasi mehmoni bo'lib, uchrashuvdan oldingi va keyingi fikrlarini bildirishadi. Ma'lumot uchun, uchrashuv bugun 00:00 da start oladi.




AdministratorMuallif
Manba: championat.asia