Yuriy Lukin: "Vagapov "Qizilqum"da qoladimi yoki yo'qmi hali ma'lum emas"

Narzulla Saydullayev
9 dek 2014
Navoiyning "Qizilqum" klubi bosh murabbiyi Yuriy Lukin ayni paytda Toshkentda "A" licenziyasi uchun o'qishda ishtirok etmoqda.
Murabbiy "Futbol Ekspress" gazetasiga intervyu berdi.

- 1 dekabr kuni Toshkentda "A" licenziyasi uchun murabbiylar o'quv kursi boshlandi. O'qish bir oy davom etadi. "Qizilqum" yangi mavsumga tayyorgarlikni 20 dekabr kuni Navoiyda boshlaydi. Toshkentdagi o'qishim bois ushbu yig'in mensiz o'tsa kerak. Bu yig'inda asosan tiklanishga e'tibor qaratiladi. Yangi yil bayramini o'tkazib 6 yanvardan yana tayyorgarlikni Navoiyda davom ettiramiz.

- Hozircha faqat Navro'z Alimov jamoamizni rasman tark etdi. U "Paxtakor"ga ko'chib o'tdi. Undan boshqa ketganlar yo'q. Lekin ko'plab o'yinchilarning masalasi ochiq turibdi. Masalan, jamoamiz yetakchilaridan biri Ruslan Vagapov ham qoladimi yo'qmi, aniq emas. Shunga qaramay jamoa negizini saqlab qolishga va uni kuchaytirishga harakat qilamiz, - deydi Lukin. 

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia