Yurgen Klopp: "Liverpul" Alissonni sotib olishi shart edi"

Tolibjon Qosimov
20 iyul 2018
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoaga "Roma"dan darvozabon Alissonning o'tishi borasida fikrlarini bildirib o'tdi.

"Alisson - dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri. Uni xarid qilish imkoniyati paydo bo'lishi bilan uzoq o'ylab o'tirmadik. "Liverpul" uni sotib olishi shart edi. Narx? Ha, u ancha baland. Lekin, bugungi kunda transfer bozori shunday", - dedi Klopp.


Ingliz klubi Alisson uchun 62,5 million evro to'ladi. Yana 10 million esa turli bonuslar ko'rinishida to'lanadi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: liverpoolfc.com