Yungberg "Malmyo" bilan muzokaralar olib bormoqda

Alisher
21 dek 2019
"Arsenal"ga vaqtinchalik bosh murabbiy bo'lgan Fredrik Yungberg "Malmyo"ni boshqarishi mumkin.

Klub Uve Resler bilan shartnomani bekor qilgandan so'ng 42 yoshli Yungberg bilan muzokaralar olib bormoqda.

Xabar qilinishicha, Yungberg Shvetsiyaga, yani vataniga qaytishga qarshi emas va "Malmyo"ning taklifini ko'rib chiqishga tayyor.

Yungber futbolchilik faoliyati davomida 1998-2008 yillar davomida Shvetsiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan.


AlisherMuallif
Manba: Sportal.se.