Yungberg endi Artetaning yordamchisi emas

Eldor Akmurzayev
22 avg 2020
“To'pchilar”ning sobiq a'zosi o'z lavozimini tark etdi.

Fredrik Yungberg “Arsenal” ustozi Mikel Artetaning murabbiylar shtabida ishlayotgandi. Shuningdek, Unai Emeri iste'foga chiqqanidan keyin Fredrik vaqtincha londonliklar ustozi sifatida ham faoliyat olib bordi.

“Arsenal”dagi lavozimimni murabbiy sifatida o'sish uchun tark etishga qaror qildim. 1998 yildan beri klubda turli u yoki bu tarzda mehnat qildim va futbolchi hamda murabbiy sifatida menga berilgan imkoniyatlardan minnatdorman. Mikel va jamoaga yangi mavsumda omad tilayman hamda doimiy qo'llashgani uchun muxlislarga rahmat aytaman. Umid qilamanki, tez orada ko'rishamiz”, deya aytgan Yungberg.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/freddie