Yovovich va Ciger safga qaytdi

Оқил Абдубарноев
4 okt 2026, 18:21
Nazorat uchrashuvidan so'ng bir kunlik qisqa hordiq chiqargan Farg'onaning "Neftchi" klubi asosiy tarkib futbolchilari bugun yana mashg'ulotlarga qaytdi.

Jamoa navbatdagi muhim bellashuvga yuqori kayfiyat va jiddiy yondashuv bilan tayyorgarlik ko'rmoqda.

Jarohatini to'liq davolab safga qaytgan tajribali futbolchilar – Vladimir Yovovich va Boyan Ciger umumiy guruh mashg'ulotlariga qo'shilib, jamoadoshlari bilan birgalikda to'laqonli shug'ullanishni boshladi.

Bugungi ertalab o'tkazilgan mashg'ulotlarda asosiy e'tibor futbolchilarning jismoniy tayyorgarligi, chidamliligi va texnik mahoratini yanada takomillashtirishga qaratildi. Mashg'ulot davomida futbolchilar yuqori tempda ishlab, murabbiylar shtabi tomonidan berilgan barcha topshiriqlarni katta mas'uliyat hamda intizom bilan bajardi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати