Yovetich Mbappeni o'riniga "Monako"ga o'tdimi? (foto)

Aslanov Jasurbek
28 avg 2017
"Monako" forvardi Kilian Mbappe monegasklar tarkibini tark etgani haqiqatga o'xshamoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda "Inter" hujumchisi Stevan Yovetichning "Monako" libosida turgani aks etgan suratlar tarqalib ketdi. Eng qizig'i, chernogoriyalik futbolchining formasida PSJga o'tishi taxmin qilinayotgan Kilian Mbappening raqami (10) yozilgan edi.




Hozircha bu yangiliklar rost yoki yolg'onligi noma'lum, ammo tez orada "Monako" bu borada rasmiy ma'lumot berishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia