Yoshlar o'rtasidagi jahon chempioni Alfons Areola "Lans"ga ijaraga berildi
Narzulla Saydullayev
24 iyul 2013
Pari Sen-Jermen darvozaboni Alfons Areola 2013/14 yilgi mavsumni Lansda o'tkazadi, deb xabar bermoqda parijliklar rasmiy sayti.
20 yoshli futbolchi yaqinda Turkiyada bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida Fransiya (U-20) safida chempion bo'lgandi. Oldinroq Lansni PSJ sobiq ustozi Antuan Kambuare qabul qilib olgandi.