Yorqin Nazarov: "Hakam "Navbahor" futbolchisini chetlatmadi"

Aslanov Jasurbek
3 iyul 2021
Coca Cola Superliga 12-turidan o'rin olgan "Navbahor" - "Andijon" uchrashuvidan keyin o'tkaziladigan matbuot anjumanining dastlabki qismida mehmonlar ustozi Yorqin Nazarov qatnashdi.

- Birinchi navbatda, bugungi g'alaba muxlislarimiz uchun sovg'a bo'ldi. O'yin haqida gapiradigan bo'lsam, yigitlar topshiriqlarimizni o'z o'rnida bajarishdi. "Navbahor"ning so'nggi ikkita o'yinini tahlil qilib, shunga yarasha tayyorgarlik ko'rgandik. Futbolchilarimiz katta kuch ishlatishdi, hatto zaxira almashtirishlarini qilishga ham ulgurmadik. Yigitlarga rahmat, - deydi Yorqin Nazarov.

- Hakamlarga etirozim yo'q. "Navbahor" tomoniga biroz yon bosish kuzatilgan bo'lsada, etirozim yo'q.

- Bugun sariq kartochkalarimiz ko'p bo'ldi, lekin biz emas, "Navbahor" futbolchilari qo'polroq o'ynashdi. Qizil kartochkaga tortadigan vaziyat ham bo'ldi, lekin hakam "Navbahor" futbolchisini chetlatmadi.

- Bugun sariq kartochkalarimiz ko'p bo'ldi, vaqt cho'zishlar kuzatildi, lekin asosiysi, g'alaba qozondik. Yaxshi o'ynab "Paxtakor" va AGMKga yutqazdik. Menga qolsa, bugungidek o'ynab, g'alaba qozonishimiz muhimroq.

- Yozgi transfer oynasida futbolchi olishimiz kerak. Bugun ham zaxiradan o'yinchi tushirolmadik. Superliga va Pro liga jamoalaridan futbolchi olamiz, ayrim o'yinchilarni kuzatyapmiz. Rahbariyat ruxsat bersa, xaridlarni amalga oshirishimiz kerak, tarkibda raqobatbardoshlikni oshirishimiz shart, - deya fikrlarini yakunladi Yorqin Nazarov.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia