Yo'g'e?! Yerri Mina taqdimot marosimiga Koutinonikidan ko'proq muxlis keldi

Aslanov Jasurbek
14 yanv 2018
"Barselona" qishki transfer oynasida "Liverpul"dan Filippe Koutino va "Palmeyras"dan Yerri Minani xarid qildi

Kataloniya klubi braziliyalik uchun 160 mln. evro, kolumbiyalik himoyachi uchun esa 11,8 mln. evro to'laydi. Joriy haftada "Kamp Nou" stadionida ikki futbolchining tanishtiruv marosimi bo'lib o'tdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Filippe Koutino taqdimotiga 7436 nafar muxlis tashrif buyurgan.

Yerri Mina esa arenaga 8552 nafar ishqibozni to'plashga muvaffaq bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BleacherReport