Yoaxim Lyov Sanening yakuniy tarkibga kiritilmagani sababini aytib o'tdi

Tolibjon Qosimov
4 iyun 2018
Bugun Yoaxim Lyov Germaniya terma jamoasining JCH-2018 uchun yakuniy tarkibini e'lon qildi.

Ko'pchilik uchun kutilmaganda "Manchester Siti" a'zosi Leroy Sane 23talik ro'yxatga kiritilmadi. Bosh murabbiy bunga quyidagicha izoh bildirdi:

"So'zsiz, Leroyda ulkan iqtidor bor. U hali terma jamoada bo'ladi. Shuning uchun biz sentyabrdan e'tiboran u bilan ko'proq ishlashimiz kerak. U hamon jamoaning o'yiniga to'liq kirishib ketmagan. Va bu narsa qandaydir darajada muhim rol o'ynaydi", - dedi Lyov.

Shuningdek, mutaxassis Sanening o'rniga tarkibda olib qolingan Yulian Brandt haqida ham gapirib o'tdi:

"Ular har ikkisi (Sane va Brandt) yuqori darajadagi o'yinchilar, har ikkisi driblingda kuchli. Yulian Brandt Konfederatsiyalar kubogida o'ynagan. O'shanda u yaxshi o'yinlarni o'tkazgan. Bundan tashqari, Yulian mashg'ulotlarda o'zini ajoyib tarzda ko'rsatdi", - dedi murabbiy.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: twitter.com/DFB_Team_EN