

Marselino Toralning “Atletik” bilan shartnomasi mavsum oxirida o'z yakuniga etadi va jamoa bilan bitimni uzaytirmoqchi emas. “El Chiringuito” manbasiga ko'ra, bilbaoliklar Lyov bilan muzokara o'tkazgan va u yangi mavsumda jamoani qabul qilib oladi.
62 yoshli mutaxassis 2021 yil yozidan beri ishsiz hisoblanadi. Shuningdek, “Atletik”ni boshqarishga nomzodlar qatorida PSJdan ketishi kutilayotgan Maurisio Pochettino ham bor edi.



