Yilning eng yaxshi hakami 2 oylik tanaffusdan keyin qaytdi

Xabaringiz bor, O'FA o'tgan yilning dekabrida 2020-yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimini o'tkazgan, unda yilning eng yaxshi hakami nominaciyasi Ahrol Risqullaevga nasib qilgandi.

Toshkentlik referi Superliganing joriy mavsumida 2 ta o'yinda ishlashga ulgurdi. U oxirgi bor 20 mart kuni o'tkazilgan "Mashal" - "Metallurg" (2:1) uchrashuvini boshqargan edi. Shundan keyin faoliyatida (bizga noma'lum sabablar bilan) 2 oylik tanaffus yuzaga keldi.

Risqullaev 7 haftalik tanaffusdan keyin, bugun Toshkent vaqti bilan 17:30 da start oladigan "Olimpik" hamda "Aral Samali" jamoalari o'rtasidagi bahsda ishlaydi.

Pro liga. 7-tur

14 may, juma

OLIMPIK – ARAL SAMALI

Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Shavkat Rahmatov, Akmal G'iyosov

Nazoratchi: Igor Xudaydatov

Komissar: Laziz Qo'chqorov


Manba: championat.asia