"Real"da ahvol yomonlashib bormoqda. Kurtua ham "El Klasiko" oldidan jarohat oldi

Tolibjon Qosimov
23 okt 2024
Bugun "Real" yetakchilaridan biri Rodrigo "Barselona"ga qarshi o'yin oldidan jarohat olgani haqida ma'lum bergan edik.

"El Klasiko" oldidan "Real" yetakchisi safdan chiqdi

Biroz oldin "Real" rasmiy saytida asosiy darvozabon Tibo Kurtua jarohat olgani haqida xabar chop etildi. Bugun "Real" klubi tibbiy shtabi posbonni tibbiy tekshiruvdan o'tkazgan va Tiboda chap sonning mushaklari lat egani aniqlangan. Belgiyalik darvozabon 3 kundan keyin bo'lib o'tadigan "El Klasiko"ni o'tkazib yuborishi mumkin.


Eslatib o'tamiz, Kurtua kecha tunda bo'lib o'tgan "Borussiya D"ga qarshi uchrashuvda to'liq ishtirok etgan edi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: realmadrid.com