

Oldinroq, agar Kataloniya klubi "Gremio" futbolchisi Artur Ramosni xarid qilsa, jamoada Yevropa ittifoqi mamlakatidan bo'lmagan futbolchilar limiti oshib ketishi va aynan shu sababli Mina boshqa jamoaga o'tishi xabar berilgan edi. Ma'lumotlarga ko'ra, Filippe Koutino xotini orqali Portugaliya pasportini oladi va yevropalikka aylanadi. Evroittifoq davlatidan bo'lmagan o'yinchilar uchun yana bitta joy ochiladi va kolumbiyalik himoyachi "Barselona"da qolish mumkin bo'ladi.



