Yaqindagina safga qaytgan “Yuventus” himoyachisi yana jarohat oldi

Eldor Akmurzayev
3 dek 2020
Turinliklar rasmiy sayti Merix Demiralning sog'lig'i bo'yicha ma'lumot berdi.

Demiral Chempionlar Ligasi doirasida “Dinamo” (Kiev)ga qarshi o'tgan (3:0) bahsda jarohatlanib, zaxiraga olingandi.

Tibbiy tekshiruvlar natijasida u o'ng sonidan engil jarohat olgani ma'lum bo'ldi. Turkiyalik 10 kundan so'ng qayta tekshiruvdan o'tadi.

Merix A Seriya doirasidagi “Torino” va “Jenoa” hamda YCHL 6-turidan o'rin olgan “Barselona”ga qarshi uchrashuvlarni o'tkazib yuborishi aniq.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: juventus.com