

Miura afsonaviy futbolchi, "Stok Siti", "Blekpul, "Xibernians" sobiq o'yinchisi Stenli Metyuzning rekordini yangiladi.
Miura tug'ilgan kunida "Macumoto"ga qarshi bahsda 65 daqiqa o'ynadi.
Miura faoliyatini 1986 yil Braziliyaning "Santos" klubida boshlagan. U Yevropada "Jenoa" va Zagrebning "Dinamo" klublari sharafini himoya qilgan.
Miura 2005 yilda, 38 yoshlida "Yokogama"ga o'tgan. U milliy jamoadagi 89 ta uchrashuvida 55 ta gol urgan va 17 yil avval Yaponiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlagan.



