

Bir necha yildan beri Osiyo futbolini yoritib kelayotgan avstriyalik jurnalist Skott MakIntayr 9 yanvar kuni katta sinflar o'rtasida o'tkaziladigan liga o'yinini tomosha qilish uchun "Saitama" stadioniga tashrif buyurdi. Arena o'z bag'riga 63,700 muxlisni sig'dira oladi. "Aomori" va "Maebashi" o'rtasidagi o'yinni tomosha qilish uchun 50 ming ishqiboz stadionga keldi. Bu haqda jurnalist o'zining "Tvitter"dagi akkaunti orqali e'lon qildi.




