Yaponiya terma jamoasi futbolchisi A Seriyaga yo'l oldi

Alisher
8 iyul 2019
"Sent-Tryuyden" himoyachisi Takeshiro Tomiyasu "Bolonya" futbolchisiga aylandi.

Bu haqda Gazzetta dello Sport xabar tarqatdi. 

20 yoshli Yaponiya terma jamoasi himoyachisi Italiya klubi bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekdi.

Futbolchi o'tgan yildan buyon Yaponiya milliy terma jamoasi sharafini himoya qilmoqda.

U o'tgan yili Belgiya klubiga Yaponiyaning "Avispa Fukuoka" klubidan o'tgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport