"Manchester Siti" "Bolonya" himoyachisini nishonga oldi

Alisher Ostonov
10 yanv 2026
"Manchester Siti" joriy transferlar davrida yangi himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi.

Ingliz grandi "Bolonya" himoyachisi Jon Lukumiga ko'z tikkan. Italiyaliklar futbolchini qo'yib yuborish istagida emas. Muzokaralar juda qiyin bo'lishi kutilmoqda. Shuningdek, "Siti" ro'yxatida "Kristal Pelas" futbolchisi Mark Gexi ham bor.

"Manchester Siti" APLda hozirda 43 ochkoga ega. Xosep Gvardiola jamoasi APLda ikkinchi o'rinda bormoqda.


Alisher OstonovMuallif
Manba: fichajes.com