Yaponiya terma jamoasi Braziliya bilan o'ynaydi

Aslanov Jasurbek
22 sen 2017, 17:43
Braziliya va Yaponiya terma jamoalari o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.

Bahs 10 noyabr kuni Fransiyada bo'lib o'tadi. Eslatib o'tamiz, Braziliya va Yaponiya terma jamoalari Rossiyada bo'lib o'tadigan JCH-2018 yo'llanmasini qo'lga kiritib bo'lgan.

Ushbu jamoalar o'rtasidagi uchrashuvi Lillda o'tadi. Ma'lumotlarga ko'ra, o'rtoqlik uchrashuvini Fransiyada o'tkazish fikri Yaponiya terma jamoasi ustozi Vaxid Xalilxodjichdan chiqqan. Oldinroq, bosniyalik mutaxassis "Lill", "Renn" va PSJ kabi klublarni boshqargan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AFP