Yaponiya - O'zbekiston uchrashuvidan oldin matbuot anjumani bo'lib o'tdi

Nadirkhuja Yuldashev
30 mar 2015, 16:43
Unda O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov va maydon Vohid Xalilxojich ishtirok etdilar.
"Ertaga qiziqarli o'yin bo'ladi. Shogirdlarim Janubiy Koreyaga qarshi ko'rsatgan o'yinlarini namoyish etsalar bo'lgani. Raqib haqida faqat iliq fikrni bildirish mumkin. Hamkasbim qo'l ostida mohir futbolchilar to'plangan", - deydi Mirjalol Qosimov.

Vohid Xalilxojich esa faqat g'alaba haqida o'ylayotganligini yashirmadi. 

- Nima ham deyishim mumkin, maqsad bitta Tunis bilan o'yinda qo'lga kiritgan g'alabamizni davom ettirish. Bu borada bizda barcha imkoniyatlar mavjud. O'zbekistonga qarshi o'yinda jangovor tarkibda maydonga tushamiz. Imkon qadar maydonning ikkinchi qismida to'p bilan muomula qilishga harakat qilamiz. 


Matbuot anjumani yapon nashrlari tomonidan tayyorlangan. To'liq qismini O'FF matbuot xizmatidan kutib qolamiz.


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: http://www.nikkansports.com/