Yaponiya – Kolumbiya. Mondragon JCH tarixidagi eng yoshi katta futbolchi bo'ldi
Aziz Tukhtamuradov
25 iyun 2014
JCH-2014 guruh bosqichi doirasidagi Yaponiya – Kolumbiya uchrashuvining so'nggi daqiqalarida kolumbiyalik 43 yashar darvozabon Farid Mondragon zaxiradan maydonga tushirildi va bu bilan jahon chempionatlari tarixidagi eng yoshi katta futbolchiga aylandi.
Mondragon kamerunlik Roje Millaning rekordini yangiladi. Milla 1994 yili 42 yoshida maydonga tushgan edi. Qo'shimcha qilamiz, Mondragon 1994 va 1998 yillari o'tkazilgan jahon chempionati hamda Olimpiada-1992da ham ishtirok etgan edi.