"Yangier-Quruvchi" tarkibiga polshalik futbolchilar qo'shiladi

Mirjalol Normatov
24 iyul 2022
Xabaringiz bor, “Yangier-quruvchi” jamoasi mavsumning ikkinchi qismiga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqda.

Tarkibni kuchaytirishni maqsad qilgan jamoa legionerlar xizmatiga tayanishni lozim topdi. 

Bugun polshalik ikki nafar futbolchi yurtimizga yetib keldi. 

Ertadan “Yangier-quruvchi” jamoasi mashg'ulotlariga qo'shiladi. Yarim himoyachi Mateuz Szmanski va hujumchi Michal Kalittaning harakatlari murabbiylar shtabiga maqul kelsa, jamoa futbolchilar bilan muzokaraga kirishadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: “Янгиер-қурувчи” матбуот хизмати