Yangi mavsumda LaLiganing bazi o'yinlari AQSH va Kanadada o'tadi

Aslanov Jasurbek
16 avg 2018
Ispaniya LaLigasi ko'pmillatli Relevant kompaniyasi bilan kelishuvga erishdi.

Bitimga ko'ra, 15 yil davomida Ispaniya chempionatining bazi o'yinlari AQSH va Kanada hududida o'tkaziladi.

Kelishuv natijasida Shimoliy Amerikada LaLiga xizmatlarini himoya qiladigan LaLiga North America tashkiloti yaratildi. "Barselona" yoki "Real" shu mavsumdayoq AQSHda o'yin o'tkazishi mumkin.

"Biz futbolga bo'lgan qiziqishni butun dunyoda o'stirmoqchimiz. Ushbu kelishuv ajoyib sport turining AQSH va Kanadada ommalashishiga yordam beradi" - deydi LaLiga prezidenti Xaver Tebas.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mundo Deportivo