"Yang Boyz"ni mag'lub etgan Mourinyu etiroz bildirdi

Aslanov Jasurbek
20 sen 2018
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyu "Yang Boyz" ustidan qozonilgan g'alabadan (3:0) so'ng, mezbon jamoaning suniy qoplamali stadionini tanqid qildi.

"Futbolchilar jarohat olishidan havotirlandim. Kechagi mashg'ulotdan so'ng bazi o'yinchilarimiz og'riq his qilishdi. Yigitlar Angliyadagi ajoyib chimlarga o'rganib qolishgan. Tabiiy chimli maydonlarda o'ynash chiroyliroq.

Chempionlar ligasi o'yinlarini qanday qilib bunday suniy qoplamali stadionlarda o'tkazish mumkin?" - deydi Mourinyu.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BT Sport