Yana Keyrush mavzusi. Endi unga Misr qiziqyapti

Xayrulla Xoliqov
5 iyul 2018, 12:48
Karlush Keyrush toki bironta ishga joylashib olmaguncha u haqdagi gap-so'zlar tinmaydigan ko'rinadi.

Eronning tehrantimes.com sayti yozishicha, portugaliyalik murabbiy Misr futbol federatsiyasi qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. Hatto federatsiyasi rahbari Xani Abo Rid bu haqda jurnalistlarga ma'lumot berishga ulgurgan.

Misr terma jamoasi jahon chempionatidagi ishtirokini guruh bosqichida yakunlaganidan so'ng Ektor Kuper o'z lavozimini tark etdi. Ma'lumki, Misr JCH-2018dagi hamma o'yinlarda mag'lub bo'ldi. Shundan so'ng federatsiya rahbari argentinalik murabbiyni ishdan bo'shatdi.

Endilikda Misr o'ziga yangi murabbiy izlamoqda va nomzodlar orasida eng avvalo Karlush Keyrush tilga olinyapti. Eron FF esa Keyrush tez kunlarda yangi shartnomaga qo'l qo'yishini aytmoqda. Keyrushga qiziqayotganlar orasida JAR bilan Jazoir ham bor. Agar Misr FF Keyrushni olib kela olmasa, unda e'tiborni Marokash termasi ustozi Xerve Renard va Avstraliyani boshqargan Bert van Marveykka qaratadi.


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: tehrantimes.com