Yana ikki nafar hakamimiz VAR/AVAR licenziyalarini qo'lga kiritdi

Omonjon To`xtamirzayev
3 may 2023, 16:05
2 may kuni navbatdagi hakamlarimiz VAR/AVAR yakuniy nazorat bahslarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, VAR/AVAR licenziyalarini qo'lga kiritishdi.

Shu tariqa, hakamlarimiz qo'lga kiritgan licenziyalar soni yana 2 taga ko'paydi.
Rustam Choriev - VAR ishlaydigan o'yinlarda hakamlik qilish;
Amir Galeev - AVAR hakami sifatida ishlash uchun licenziya olishdi.

Demak, VAR, AVAR hamda VAR ishlaydigan o'yinlarda hakamlik qila oluvchilar soni quyidagicha ko'rinish olmoqda
:
VAR hakamlari soni: 17 nafar;
AVAR hakamlari soni: 21 nafar;
VAR ishlaydigan o'yinlarda hakamlik qila oladiganlar soni: 23 nafar.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: UzFHM