

Fermin va Musso to'qnashuvi haqida (25-daqiqa):
"Bu vaziyatda Ferminning o'zi Mussoning oyog'iga borib urildi. Darvozabon zarbani to'sish uchun oyog'ini cho'zgan edi, aksincha emas. Tyurpen vaziyatni to'g'ri tahlil qildi - bu yerda penalti yo'q".

Ferran Torresning bekor qilingan goli haqida (55-daqiqa):
"Ferran ofsaydda edi. To'p unga Langledan rikoshet orqali kelgan bo'lsa-da, bu holat "Barselona" futbolchisini o'yindan tashqari holatdan chiqarmaydi. VAR yordamida gol haqqoniy bekor qilindi".

Erik Garsiyaning chetlatilishi haqida (79-daqiqa):
"Garsiya darvoza tomon chiqib borayotgan va Kundedan sezilarli ustunlikka ega bo'lgan Serlotni yiqitdi. Bu - qizil kartochka".

Joan Garsiyaning jarima maydonchasi tashqarisidagi o'yini haqida (91-daqiqa):
"Garsiyaning harakati xavfli nuqtada yuz berdi. "Barselona" posboni Baenaning zarbasidan so'ng to'pni qo'li bilan ushlab oldi. Ammo bu jarima maydonchasi ichidamidi yoki chiziq tashqarisidami? Bu ochiq qolayotgan savol", - deb yozdi Fernandes.
Eslatib o'tamiz, ushbu bahsda "Barselona" g'alaba qozonganiga qaramay, ikki o'yin natijasiga ko'ra (2:3) musobaqadagi yurishini to'xtatdi. Diego Simeone boshchiligidagi "Atletiko" esa yarim finalga yo'l oldi.



