

Unga ko'ra, PSJ yanvarda Saudiya Arabistoniga yo'l oladi va ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi.
Kristof Galte shogirdlariga mahalliy “Al Hilol” va “Al Nassr” raqiblik qiladi hamda o'yinlar yanvar o'rtalarida bo'lib o'tadi. JCH-2022 g'olibligini qo'lga kiritgan Lionel Messi mazkur uchrashuvlarda qatnashishi mumkin. U tatildan yanvar o'rtalarida qaytishi aytilgandi.
Avvalroq, 37 yoshli portugaliyalik “Al Nassr” bilan 2025 yil yozigacha shartnoma imzolagani haqida xabar bergandik.



