Yamalning otasi ispaniyalik muxlislar Lamin bilan faxrlanishlari kerakligini ta'kidladi

Sherzod Nurmatov
2 may 2025
"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui, barcha ispaniyalik muxlislar o'g'lining yutuqlari bilan faxrlanishlari lozimligini aytdi.

"Lamin nafaqat "Barselona" uchun, balki Ispaniya terma jamoasi uchun ham o'ynaydi. "Barselona" safida 100 ta o'yin o'tkazgan 17 yoshli yigitga havas qilishimiz kerak. Uni jamoa tanlovi borasida tanqid qilish o'rniga, uning erishgan yutuqlari bilan faxrlanaylik. U haqidagi salbiy fikrlarni juda yomon qabul qilaman. "Barselona" muxlislari "Real"ning yosh futbolchilarini haqoratlamaydi", – dedi Munir Nasraui.

"Yamal Messidan yaxshiroq". "Barselona" sobiq futbolchisi hayratlanarli bayonot bilan chiqdi


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Barca Blaugranes