"Yamalni ikki futbolchi qo'riqlaydi" - Simone Inzagi

Sherzod Nurmatov
6 may 2025
"Inter" bosh murabbiyi Simone Inzagi YCHL yarim finali javob o'yinidan oldingi matbuot anjumanida "Barselona" yetakchisi Lamin Yamal haqida gapirdi.

"Lamin Yamal? Biz u to'pni olishiga yo'l qo'ymaslikka harakat qilishimiz kerak, ammo buning iloji yo'q.

Albatta, biz uni himoya qilish uchun ikki futbolchini yollaymiz. U qo'riqlanadi va diqqat bilan kuzatib boriladi", – dedi "neradzurri" ustozi.

Chempionlar Ligasi yarim finalidan o'rin olgan "Inter" – "Barselona" uchrashuvi 6 maydan 7 mayga o'tar kechasi bo'lib o'tadi va Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Kataloniyadagi birinchi uchrashuv 3:3 hisobida yakunlangan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ESPN