Yamal "Sevilya"ga qarshi bahsda maydonga tushadimi?

Aslanov Jasurbek
19 okt 2024
Xans-Diter Flik Lamin Yamalning "Barselona"ning navbatdagi bahslariga tayyorligi haqida gapirdi.

17 yoshli vinger Daniyaga qarshi Millatlar ligasi o'yinida olgan jarohati tufayli Ispaniya terma jamoasi tasarrufini muddatidan avval tark etgan edi.

"Ertaga "Sevilya"ga qarshi o'ynaymiz va maydonda eng yaxshi o'n bir nafar futbolchi bo'ladi.

Tatil Yamal foydasiga ishlaydi. Ispaniya terma jamoasi murabbiyiga rahmat, u bizga yordam berdi. Lamin o'ynashga tayyor" - dedi "Barselona" ustozi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca