Yamal: "Oltin to'p"larim ko'p bo'lishini orzu qilaman"

Sherzod Nurmatov
11 sen 2025, 13:34
"Barselona"ning o'ng vingeri Lamin Yamal "Oltin to'p" haqidagi savolga javob berdi.

"Do'stlarimga bitta emas, ko'p marta "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishni orzu qilishimni aytganman.  Men buni uddalay oladigan futbolchiman. Agar bunga yetisha olmasam, bu nimanidir noto'g'ri qilganimdan yoki buni xohlamaganimdan bo'ladi.

"Oltin to'p"larim ko'p bo'lishini orzu qilaman. Bu sodir bo'ladigan kuni juda baxtli bo'laman, lekin men ko'proq g'alaba qozonish va jamoam bilan yutuqlarga erishishni davom ettirmoqchiman", – dedi Yamal.

Lamin Yamal 2025/26 yilgi mavsumda klubi va terma jamoasi safidagi har bir o'yinda golli harakatlari bilan ajralib turibdi.

"Barselona"ning 18 yoshli futbolchisi o'tgan mavsumdagi o'yini uchun "Oltin to'p"ga davogarlar uchligidan joy olgan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Resonancia de Corazón