Yamal: "Muxlislarning "Kamp Nou"da qo'llab-quvvatlashi jamoa uchun muhim omil bo'ladi"

Sherzod Nurmatov
21 noya 2025
"Barselona" vingeri Lamin Yamal jamoani uy stadionida qo'llab-quvvatlash muhimligini ta'kidladi.

"Muxlislar muhim rol o'ynaydi. Yaqingacha bizniki bo'lmagan maydonda to'p tepib keldik. "Monjuik" yaxshi edi, lekin bu biz kutgan narsa emas. Muxlislarning "Kamp Nou"da qo'llab-quvvatlashi jamoa uchun muhim omil bo'ladi va bizga mavsumning qolgan qismida kuch beradi", – dedi futbolchi.

Yamalning "Barselona" bilan shartnomasi 2031 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Yamalning transfer qiymati 200 million evroga baholanmoqda.

Eslatib o'tamiz, "Barselona" – "Atletik" uchrashuvi ertaga "Kamp Nou"da o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 20:15 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca