Xyuyupya: "Bayer" mavsumni g'alaba bilan boshlaganidan xursandman"

Tolibjon Qosimov
12 avg 2013
"Bayer" bosh murabbiyi Sami Xyuyupya jamoasi Bundesliganing birinchi turida g'alaba qozonganidan xursand, deb xabar bermoqda nemis OAV.
"Bayer" o'z uyida "Frayburg"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.

"O'yin qiyin bo'ldi. Birinchi bo'limda 30 daqiqa yaxshi o'ynadik. Ammo shundan so'ng o'yinimizda pasayish bo'ldi. Ikkinchi bo'lim boshida yana yaxshi o'ynab ikkita gol urdik. G'alaba bilan boshlaganimizdan xursandman, bu bizga qo'shimcha ishonch bag'ishlaydi", - deydi Xyuyupya.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com