Xvicha tizzasidagi bog'lam jarohati sabab bir oy maydonga tusha olmasligi mumkin

Alisher
10 dek 2024
Xvicha Kvaratsxeliya jarohati sabab bir oy atrofida maydonga tusha olmasligi mumkin.

Tizzadagi bog'lam jarohatidan tiklanish muddati odatda bir oy atrofidagi vaqtni oladi. Gruziyalik futbolchi "Udineze", "Jenoa" va "Veneciya"ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuborishi mumkin.

Kvaratsxeliya joriy mavsum A Seriya doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 3ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: tuttonapoli.net