Xvicha Fransiyada o'ynashni istamoqda, biroq bir muammo bor

Mirjalol Normatov
10 yanv 2025
Xvicha Kvaratsxeliya faoliyatini PSJda davom ettirishni istamoqda.

Oldinroq Parij klubi futbolchiga "Napoli"dagi maoshidan 4 baravar ko'proq maosh to'lashga roziligi borasida ma'lumotlar tarqalgandi. "RMC Sport" ma'lumotiga ko'ra, Xvichaning o'ziga ham PSJ loyihasi maqul kelgan.

O'z navbvatida "Napoli" futbolchining sotilishiga qarshi chiqmayapti va uning ketishidan katta mablag' ishlab olmoqchi.

Biroq bir muammo bor. PSJda futbolchi uchun so'ralayotgan 80 mln evro mablag' yo'q. Parij klubi futbolchini sotib olish sharti bilan ijaraga olib, biror futbolchisini "Napoli"ga berish variantini ko'rib chiqmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: RMC Sport