Xusayn Faraki: Kuchli raqibni katta mehnat evaziga yutdik

2 apr 2014, 08:36
“Fulad” – “Bunyodkor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida ahvazliklar ustozi ishtirok etdi.
 - Kuchli raqib ustidan juda katta mehnat evaziga g'alaba qozondik. “Bunyodkor” jamoasi Toshkentdagi bahsga qaraganda anchayin tartibli o'yin namoyish etdi. Standart vaziyatida omadimiz chopdi va undan unumli foydalandik. Ochig'ini aytadigan bo'lsam, bizning guruhda teng kuchli jamoalar joy olishgan. Uchrashuvning qaysidir vaziyatlarida omadliroq o'ynagan klub uch ochko egasiga aylanmoqda. Ochkolarimiz soni sakkiztaga etdi. Shunday ekan o'zimizni endi biroz engil his qilamiz, - deydi “Fulad” ustozi Xusayn Faraki.

Manba: fcbunyodkor.com