

- Dortmundda ishqibozlar meni xushtakvozlik bilan kutib olishlariga tayyorman. Bu narsa meni klubga va ularga bo'lgan munosabatimni o'zgartirmaydi.
Bu o'yin men uchun o'zgacha ahamiyat kasb etadi.
Yana qaytaraman, "Bavariya"ga o'tishga qaror qabul qilish men uchun oson bo'lgani yo'q.
Faoliyatim davomida faqat "Bavariya" hamda "Borussiya" jamoalaridan to'p surganman.
"Bavariya" dunyoning eng kuchli uchta jamoasidan biri sanaladi. Ular har yili barcha frontda sovrinlar uchun kurash olib borishadi. Shu jihat meni bu jamoaga yana qaytishimga asosiy to'rtki bo'ldi.



