Xulian Alvares APLga qaytishi mumkin

Alisher Ostonov
11 yanv 2026
"Atletiko" hujumchisi Xulian Alvares Angliya Premer-ligasiga qaytishi mumkin.

Argentinalik futbolchiga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmoqda. "Qizil iblislar" hujumchini asosiy transfer maqsadi sifatida belgilagan. MYU rahbariyati barcha yo'llar bilan Alvaresni klubga o'tishga ko'ndirishga harakat qilmoqchi.

Xulian Alvares 2024 yilning yozida "Manchester Siti"dan 75 million evro evaziga "Atletiko"ga o'tgandi. Uning madridliklar bilan shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.

Joriy mavsumda argentinalik futbolchi "matraschilar" safida barcha musobaqalarda 25 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali forvardni 100 million evroga baholamoqda.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Footysm